2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi qur‘a natijalari
2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining guruh bosqichi qur’asi yakunlandi. Birinchi bor musobaqada 48 terma jamoa ishtirok etadi, ular to‘rttadan 12 guruhga bo‘lingan. “Chempionat” qur’a natijalari bilan tanishtiradi.
A guruhi: Meksika, Janubiy Afrika, Janubiy Koreya, Yevropa pley-offi – yo‘l D (Daniya / Shimoliy Makedoniya / Chexiya / Irlandiya).
B guruhi: Kanada, Qatar, Shveysariya, Yevropa pley-offi – yo‘l A (Italiya / Shimoliy Irlandiya / Uels / Bosniya va Gersegovina).
C guruhi: Braziliya, Marokash, Gaiti, Shotlandiya.
D guruhi: AQSH, Paragvay, Avstraliya, Yevropa pley-offi – yo‘l C (Turkiya / Ruminiya / Slovakiya / Kosovo).
E guruhi: Germaniya, Kyurasao, Kot-d’Ivuar, Ekvador.
F guruhi: Niderlandiya, Yaponiya, Tunis, Yevropa pley-offi – yo‘l B (Ukraina / Shvetsiya / Polsha / Albaniya).
G guruhi: Belgiya, Misr, Eron, Yangi Zelandiya.
H guruhi: Ispaniya, Kaboverde, Saudiya Arabistoni, Urugvay.
I guruhi: Fransiya, Senegal, Norvegiya, qit’alararo pley-off – yo‘l 2 (Boliviya / Surinam / Iroq).
J guruhi: Argentina, Jazoir, Avstriya, Iordaniya.
K guruhi: Portugaliya, O‘zbekiston, Kolumbiya, qit’alararo pley-off – yo‘l 1 (Yangi Kaledoniya / Yamayka / Kongo DR).
L guruhi: Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama.
Hozirga qadar 42 terma jamoa 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etishni kafolatladi. Yana olti jamoa 2026-yil mart oyining oxiridagi pley-off bahslari orqali aniqlanadi.
Guruhlardan faqat birinchi ikkita jamoa emas, balki uchinchi o‘rin olganlarning ham ko‘pchiligi (12 guruhdan 8 ta eng yaxshi jamoa) keyingi bosqichga chiqadi. Pley-off 1/16 finaldan boshlanadi.
