BAAning Türkmenistondagi elchisi talaba-yoshlar uchun ma’ruza o‘tkazdi

Nov 14, 2025 - 09:14
BAAning Türkmenistondagi elchisi talaba-yoshlar uchun ma’ruza o‘tkazdi

Yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarining Türkmenistondagi elchisi Ahmed Al-Hameli Magtymguly nomidagi Türkmen davlat universitetiga tashrif buyurib, mintaqada va dunyoda birlik hamda birdamlikni mustahkamlash borasida BAAning roli va sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazdi. Bu haqda BAAning Türkmenistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’ruzada universitet o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Elchi va yig‘ilish qatnashchilari o‘rtasida birlik va birdamlik yo‘nalishidagi qiziqarli masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tinch-totuv yashash madaniyatini rivojlantirish, birdamlik va o‘zaro ishonch kabi qadriyatlarni mustahkamlashda BAA tajribasidan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.