"Barselona" La Liga uchrashuvida "Atletiko"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi

Dec 3, 2025 - 17:03

Ispaniya chempionatining 14-turida "Barselona" "Atletiko" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Uchrashuv Barselonada bo‘lib o‘tdi va 3:1 hisobida yakunlandi. G‘olib jamoa tarkibida Rafinýa (26-daqiqada), Dani Olmo (65) va Ferran Torres (90+7) gol urdi.

36-daqiqada Robert Levandovski penalti tepish imkoniyatidan foydalana olmadi. "Atletiko"ning yagona golini 19-daqiqada Alejandro Baena kiritdi.

"Barselona" 37 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ikkinchi o‘rindagi "Real"dan 4 ochko oldinga o‘tgan, ammo madridliklar bir o‘yin zahiraga ega. "Atletiko" 31 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.