"Barselona" prezidenti: Messi "Kamp Nou"da haykalga loyiq

Nov 14, 2025 - 10:22
"Barselona" prezidenti: Messi "Kamp Nou"da haykalga loyiq

Argentinalik futbolchi Lionel Messi Ispaniyaning “Barselona” klubi qayta qurilayotgan “Kamp Nou” stadionida o‘z haykaliga munosibdir.

Report xabariga ko‘ra, bu haqda klub prezidenti Joan Laporta aytgan. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida keltirgan.

Hozirda Messi AQShning “Inter Mayami” klubida o‘ynaydi.

“Messi yangi stadionda haykalga loyiq. Biz loyiha tayyorlaymiz, oilasi bilan gaplashamiz, ular rozi bo‘lsa, ishga kirishamiz”, — dedi Laporta.