Dövlət rahbarlari darajasidagi birinchi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammiti 20 dekabrda bo‘lib o‘tadi
20 dekabr kuni Tokio shahrida davlat rahbarlari ishtirokida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammiti o‘tkaziladi. Bu haqda “Yaponiya — Markaziy Osiyo” Do‘stlik Ligasi umumiy yig‘ilishida Kyodo News xabar berdi.
2 dekabr kuni Yaponiya Liberal Demokratik partiyasi vitse-prezidenti Taro Aso raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Bosh vazir Sanae Takaiyi sammitga tayyorgarlik ishlarini Markaziy Osiyo besh davlati bilan faol muvofiqlashtirayotgani qayd etildi.
Xabarda aytilishicha, sammit doirasida Yaponiya Bosh vaziri Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun: so‘nggi 20 yil davomida Markaziy Osiyo davlatlari bilan Yaponiya o‘rtasidagi shunday formatdagi muzokaralar faqat vazirlar darajasida o‘tkazilgan.
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining 20 yilligi doirasida 2024 yilning avgust oyida Qozog‘istonda prezidentlar darajasida sammit o‘tkazish rejalashtirilgandi. Ammo o‘sha davrda Yaponiyada yuz bergan talofatli zilzila sabab uchrashuv keyinga surildi va uning yangi sanasi kelajakda kelishiladi.
