Foydalanuvchilar tobora ko‘proq Windows 11 tizimiga o‘tmoqda
Stat Counter kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil oktabr oyida Windows 11 dunyo bo‘yicha kompyuterlar bozorining 55 foizidan ortig‘ini egalladi.
Bu o‘sishning asosiy sababi — Microsoft tomonidan Windows 10 operatsion tizimi uchun rasmiy qo‘llab-quvvatlashning to‘xtatilishi bo‘ldi. Shu sababli ko‘plab foydalanuvchilar va tashkilotlar yangi tizimga o‘tmoqda.
Statistikaga ko‘ra:
-
Windows 11 — 55,18%
-
Windows 10 — 41,71%
-
Windows 7 — 2,52%
-
Windows 8/8.1 — 0,34%
-
Windows XP — 0,22%
Microsoft endi Windows 10 uchun xavfsizlik va texnik yangilanishlarni taqdim etmaydi. Qurilmasi Windows 11 talablari darajasiga mos kelmagan foydalanuvchilar to‘lovli qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash dasturiga yozilishlari yoki yangi kompyuter sotib olishlari mumkin.
Natijada, Windows 11 dunyodagi eng keng tarqalgan operatsion tizimga aylandi.
