John Deere kompaniyasi Turkmanistonda yangi mahsulotlarini sinovdan o‘tkazmoqda
Bu haqda John Deere kompaniyasining Turkmanistondagi vakili Kolin Nelson Vashington shahrida o‘tkazilgan “Turkmaniston — AQSh” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi. Bu xabar “Turkmaniston” gazetasida e’lon qilindi.
Xabarda ta’kidlanishicha, yig‘ilish davomida ikki davlatning nufuzli davlat idoralari va tashkilotlari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.
“Hozirda mamlakatda paxta va bug‘doy yig‘im-terimida foydalaniladigan yangi mahsulotlarimizni sinovdan o‘tkazyapmiz. Bu jarayonda suvdan samaraliroq va unumliroq foydalanish maqsad qilingan. Keyingi uchrashuvlarimizdan aniq natijalar kutyapmiz, xususan, ayrim turkman xususiy korxonalari John Deere texnikalarini xarid qila olishiga umid qilamiz. Bunday forumlar esa o‘zaro manfaatlarni muvofiqlashtirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo‘llarini batafsil muhokama qilish imkonini beradi,”
dedi Kolin Nelson, John Deere kompaniyasining Turkmanistondagi vakili.
