Madridning «Atletiko» futbol klubi yangi investor nazoratiga o‘tdi

Nov 11, 2025 - 08:54
Nov 11, 2025 - 08:56
Madridning «Atletiko» futbol klubi yangi investor nazoratiga o‘tdi

Madrid shahridagi «Atletiko» futbol klubi o‘zining nazorat paketini Apollo Sports Capital (ASC) investitsiya kompaniyasiga sotganini e’lon qildi.

Report xabariga ko‘ra, kelishuv doirasida Migel Anxel Hil va Enrike Sereso klubni mos ravishda bosh direktor va prezident sifatida boshqarishda davom etadilar va aktsionerliklarini saqlab qoladilar.

Ularning rahbarligida so‘nggi ikki o‘n yillikda «Atletiko» Yevropaning eng muvaffaqiyatli va mashhur futbol klublaridan biri sifatida tanildi.

Aktsionerlar klubning uzoq muddatli rejalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kapital ajratishni rejalashtirmoqda, jumladan, Atletiko jamoalariga qo‘shimcha sarmoya kiritish va katta infratuzilma loyihalarini amalga oshirish.

“Biz kluba sodiq yangi hamkorimizni xush kelibsiz deyamiz. Apollo Sports Capital — «Atletiko»ning tarixi, an’analari, o‘ziga xosligini va muxlislarini hurmat qiladigan ishonchli sherigimiz, shu bilan birga rivojlanishimiz va raqobatbardoshligimizni saqlab qolish uchun qo‘shimcha resurslar va ishtiyoq olib keladi”, — dedi Hil klubning rasmiy saytida.

Ispaniya La Liga’sining 12-turidan so‘ng «Atletiko» 25 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Chempionlar Ligasi’nda jamoa 4 o‘yinda 6 ochko to‘pladi.