Messining goli Argentina terma jamoasiga g‘alaba keltirdi
Messining goli va golli uzatmasi Argentina terma jamoasining Angola bilan o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.
Luandadagi stadionda o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. Hisobni 43-daqiqada Lautaro Martines ochdi, 82-daqiqada esa Lionel Messi raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Messi shuningdek bir golli uzatma ham berdi.
Uchrashuv Angolaning mustaqilligining 50 yilligiga bag‘ishlandi.
Messi “Barselona” akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa tarkibida 2003–2021 yillarda o‘ynagan. Shu vaqt ichida u 835 ta o‘yin o‘tkazib, 709 ta gol urgan. Messi “Barselona” bilan to‘rt marta Chempionlar ligasini yutgan, 2022-yil Argentina bilan jahon chempioni bo‘lgan, ikki marta Amerika Kubogini qo‘lga kiritgan va sakkiz marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan.
2021-yilda u “Barselona”ni tark etib, Fransiyaning “PSJ” klubiga o‘tdi va u yerda ikki mavsum o‘ynadi. 2023-yilda u “Inter Mayami”ga o‘tdi va 2025-yil oktabr oyida shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirdi.
