2026-yilning avgust oyi ochiq osmon quchog‘i va ajoyib tabiat hodisalarini sevuvchilar uchun haqiqiy «bayram»ga aylanadi. «MIR 24» agentligiga tayanib xabar qilinganidek, bu oyda bashariyat to‘liq Quyosh tutilishi, jahonga mashhur Perseid meteor oqimining eng yuqori nuqtasi va qisman Oysimon tutilishga guvoh bo‘ladi.

12-avgust: Uchlik to‘g‘ri kelgan kun Oyning eng muhim va voqealarga boy kuni 12-avgustga to‘g‘ri keladi. Shu kuni bir yo‘la bir nechta ajoyib osmon hodisasi yuz beradi:

  • To‘liq Quyosh tutilishi: Oy Yer bilan Quyosh orasidan o‘tib, dunyoning ayrim burchaklarida Quyosh diskini to‘liq yopib qo‘yadi. Bu paytda Oy Yerdan taxminan 359 ming kilometr masofada joylashgani uchun uning ko‘rinadigan kattaligi odatdagidan ancha katta bo‘ladi.

  • Yangi Oyning chiqishi ham aynan shu davr bilan uyg‘unlashadi.

  • Perseid meteor oqimining yuqori darajasi: 12-avgustdan 13-avgustga o‘tar kechasi yilning eng yorug‘ va kutilgan yulduz oqimlaridan biri bo‘lgan Perseid meteor oqimi eng yuqori faollik nuqtasiga yetadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yil Perseidlarning piki yangi Oyning chiqishi bilan to‘g‘ri keladi. Kekasi osmonda yorug‘ Oy shu’lasining bo‘lmasligi odatdagi sharoitda ko‘rinmaydigan eng past yorug‘likdagi meteorlarni ham aniq-tiniq kuzatish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

Osmonda «sayyoralar bayrami» Shu kunlari osmon nafaqat meteorlar, balki sayyoralarning joylashuvi bilan ham hayratga soladi. Ochiq kechalarda osmonda Neptun, Saturn, Uran, Mars, Merkuriy va Yupiteri bir vaqtda kuzatish mumkin bo‘ladi. Bu esa astronomiya havaskorlari va mutaxassislariga keng kuzatuv maydonchasini taqdim etadi.

Mutaxassislar ushbu tabiat mo‘jizalarini yaxshiroq ko‘rish uchun shahar yoritilishidan tashqariga chiqishni va osmon ko‘zti ochiq bo‘lgan joylarni tanlashni maslahat beradilar.

Oyning oxiridagi Oy tutilishi Avgust oyi o‘ziga xos osmon hodisalari qatorini Oy tutilishi bilan yakunlaydi. 27-avgustdan 28-avgustga o‘tar kechasi qisman Oyni tutilishi bo‘lib o‘tadi. U dunyoning ko‘p mintaqalarida ochiq ko‘rinadi. Biroq ba’zi bosqichlarning Quyosh chiqishi va Oyning botishi bilan uyg‘unlashishi mumkin, bu esa hodisaning ayrim joylarda kuzatilishiga o‘z ta’sirini yetkazadi.