AQSh Milliy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) Amazon korporatsiyasi tomonidan yaratilgan elektr robotaksisini tijoriy ekspluatatsiya qilish uchun Zoox kompaniyasiga vaqtinchalik ruxsatnoma berdi. Ushbu transport vositasi rul chambaragiga va tormoz pedaliga ega emas, uning ishlashi vaqtidagi harakati faqat masofaviy operator tomonidan nazorat qilinishi mumkin.

Bu bunday konstruksiyadagi avtonom taksi uchun birinchi shunday holatdir. Hozirgi vaqtda NHTSA ushbu turdagi uchuvchisiz avtomobillar uchun umumiy me'yoriy standartlarni ham ishlab chiqmoqda. Las-Vegas va San-Fransiskoda bunday robotaksilar allaqachon ishlamoqda, biroq shu paytgacha ular sinov rejimi doirasida yoʻlovchilarni bepul tashiqan edilar.

Kutilganidek, avgust oyida Zoox xizmatining pullik versiyasi Las-Vegasda ish boshlaydi. Kelgusida robotaksilarni boshqa shtatlar hududida ham ishga tushirish koʻzda tutilgan. NHTSA tomonidan berilgan ruxsatnoma xizmatga yaqin ikki yil ichida har yili 2,5 mingtagacha avtomobildan foydalanish imkonini beradi. Zoox robotaksisi salonida oʻrindiqlar bir-biriga qarama-qarshi oʻrnatilgan boʻlib, transport vositasining maksimal tezligi soatiga 120 km ni tashkil qiladi.

AQShning bir nechta shaharlari hududida allaqachon Tesla va Alphabet korporatsiyasiga tegishli Waymo xizmatining robotaksilari faoliyat yuritmoqda. Zoox modelidan farqli oʻlaroq, bu avtomobillar maxsus moʻljallangan haydovchisiz mashinalar emas, balki avtonom boshqaruv uchun moslashtirilgan standart transport vositalaridir.