AQSh Davlat departamenti viza suhbatlarini kutish vaqtini qisqartirishga qaratilgan yangi loyihani ishga tushirmoqda. 2026-yilning 1-iyulidan 31-dekabriga qadar ishbilarmonlik va turistik vizalar uchun ariza beruvchilar tezlashtirilgan tartibdan foydalanishlari mumkin. Qo'shimcha 750 dollar miqdoridagi to'lov evaziga konsullik suhbatni to'lov amalga oshirilgandan keyin 10 kun ichida tayinlashni kafolatlaydi. Ushbu xizmat asosiy 185 dollarlik yig'imdan tashqari joriy etilmoqda va AQSh immigratsiya siyosatining umumiy kuchaytirilishi fonida viza olish shartlarini qisman yumshatishga xizmat qiladi.
Amerika uchun tezkor eshiklar
1 daqiqa o'qish17

AQSh Davlat departamenti viza suhbatidan tezlashtirilgan tartibda (10 kun ichida) o'tish uchun 750 dollar miqdorida to'lov joriy etmoqda.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.