Apple kompaniyasi o‘zining 27-indeksli operatsion tizimlarini taqdim etdi. Asosiy yangiliklar qatorida Apple Intelligence va butunlay yangilangan Siri AI ovozli yordamchisi o‘rin olgan. Endilikda tizim foydalanuvchining shaxsiy konteksti bilan ishlay oladi, ekrandagi ma’lumotlarni tahlil qiladi va ilovalar ichida murakkab buyruqlarni bajara oladi. Shuningdek, ota-ona nazorati funksiyalari yangilanib, ilovalarni ishga tushirish tezligi 30% ga oshirildi. Yangi Liquid Glass interfeysida esa elementlarning shaffofligini qo‘lda sozlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Yangilanishlar shu yilning kuzida foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
Apple OS 27
1 daqiqa o'qish16

Apple Apple Intelligence, yangilangan Siri AI, Liquid Glass interfeysi hamda ish unumdorligini 30% ga oshiruvchi OS 27 yangilanishini taqdim etdi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.