
14-iyun kuni milliarder, teleboshlovchi va AQSH Prezidenti Donald Tramp 80 yoshga to‘ldi. U Amerikaning 45- va 47-Prezidentidir.
Donald Jon Tramp 1946-yil 14-iyunda Nyu-Yorkda qurilish kompaniyasi egasi Frederik Tramp oilasida dunyoga kelgan. Oila ko‘p farzandli bo‘lib, hozirgi prezidentning ikki akasi va ikki singlisi bor edi.
O‘rta maktabni tamomlab, Pensilvaniya universiteti qoshidagi Uorton biznes maktabida biznes yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oldi va uni 1968-yilda iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tugatdi.
1970-yillar boshidan beri Tramp zamonaviy Manxetten qurilish ishlarida faol ishtirok etdi. Yirik qurilish kompaniyasiga rahbarlik qilib, uning nomini “Trump Organization” deb o‘zgartirdi. Bu kompaniya butun dunyoda mehmonxonalar, dam olish va o‘yin markazlari, shuningdek, golf maydonlarini quradi va ularga egalik qiladi.
Milliarder, shuningdek, kinolarda (“Uyda yolg‘iz 2”, “Zulander”) bir necha bor epizodik rollarni ijro etgan.
Tramp uch marta uylangan. 1977-yildan 1990-yilgacha Ivana Tramp bilan, 1993-yildan 1999-yilgacha esa Marla Meyplz bilan nikohda bo‘lgan. 2005-yildan beri u Melaniya Tramp bilan yashaydi. Siyosatchining turli nikohlardan besh nafar farzandi: ikki qizi va uch o‘g‘li bor.
Keywords