
2026-yilda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida umumta’lim maktablari soni 160 taga yetishi kutilmoqda. Bu haqda seshanba kuni Turkmaniston rasmiy matbuoti xabar berdi.
Shuningdek, joriy yilda ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim muassasalari soni 193 tani, sport maktablari soni esa 21 tani tashkil etishi ko’zda tutilgan.
Bundan tashqari, Ashxobod shahrida Turkmaniston davlat arxitektura va qurilish institutining 5 ming o’rinli binolar majmuasi qurilishini yakunlab, foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
Xabarda ta’kidlanganidek, hozirda Ashxobodning me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish, uni bog’-bo’stonga aylantirish va yangi turar-joy massivlarini barpo etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Keywords