Xitoyda kofe ichimligiga boʻlgan ehtiyojning tez surʼatlar bilan oʻsib borishi kelajakda mazkur mahsulotning butun dunyo boʻylab qimmatlashishiga sabab boʻlishi mumkin. Bu haqda Braziliyaning eksportni va investitsiyalarni ilgari surish boʻyicha Moskvadagi agentligining (ApexBrasil) rahbari Almir Ribeyru Ameriku «RIA Novosti» xbarlar agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Braziliyalik ishbilarmonning soʻzlariga koʻra, ulkan Xitoy bozori kelgusida kofening ulkan miqdorlarini isteʼmol qiladi, bu esa oʻz navbatida global miqyosda kofe narxining oshishiga olib keladi.