
YI gender tengligini qo‘llab-quvvatlaydi. Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat mahkamasi rahbari Kaja Kallas Tallinda tashkil etilgan matbuot anjumanida dunyoda barqarorlikni ta’minlash va mojarolarni tartibga solish uchun tinchlik muzokaralarida ayollarning o‘rnini kuchaytirish zarurligini ma’lum qildi. BMT Xavfsizlik Kengashining tahlillari ham ayollarning diplomatik munosabatlarga qo‘shayotgan hissasi barqarorlikni mustahkamlashini tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, savdo bitimi tasdiqlandi. Yevropa Parlamenti YI va AQSh o‘rtasidagi “Turnberry” savdo bitimini ma’qulladi. Hujjatga muvofiq, YI Amerika tovarlarining bojxona to‘lovlarini to‘liq bekor qiladi, AQSh iqtisodiyotiga 600 milliard dollar investitsiya kiritadi va 750 milliard dollarlik energiya resurslarini sotib oladi. AQSh esa o‘z navbatida Yevropa tovarlarining bojxona bojini 15 foiz darajasida cheklash majburiyatini oladi.
Keywords