Stratosferada rekord: «Sceye» dirijablining ulkan muvaffaqiyati
«Sceye» kompaniyasi tomonidan yaratilgan SE2 dirijabli stratosferada yangi rekord o‘rnatdi. Uzunligi 82 metr bo‘lgan ushbu qurilma 15 800 metr balandlikda 12 kun davomida 10 300 kilometr yo‘l bosib o‘tib, barqaror aloqani ta’minladi.
- Qurilma to‘liq quyosh panellari orqali ishlaydi.
- Ushbu yangi platforma dastlab Yaponiyada tijorat maqsadlarida qo‘llanila boshlanadi. U asosan favqulodda vaziyatlarda va borish qiyin bo‘lgan chekka hududlarni barqaror internet bilan ta’minlaydi.
Moskva: Dunyodagi eng uzun tramvay yo‘nalishi foydalanishga topshirildi
Rossiya poytaxtida uzunligi 33 kilometr bo‘lgan dunyodagi eng uzun diametral tramvay yo‘nalishi (T2) ochildi. Ushbu yangi yirik loyiha shahar infratuzilmasini tubdan modernizatsiya qilmoqda.
- Yangi liniya shaharning 13 ta tumanini birlashtirib, 2 milliondan ortiq aholiga 31 ta metro stansiyasi va 4 ta temir yo‘l vokzaliga oson yetib borish imkonini beradi.
- Yo‘nalishda 51 ta zamonaviy tramvay har 3–6 daqiqada qatnamoqda. Ta’kidlash joizki, tramvaylar yo‘lning ba’zi qismlarini maxsus energiya saqlash tizimlari orqali simsiz bosib o‘tishga qodir.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.