Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Markaziy Osiyoda yirik neftni qayta ishlovchi zavod qurish imkoniyatini koʻrib chiqishni taklif etdi.
Ushbu tashabbusni u Cholpon-Atada boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy maslahat uchrashuvida ilgari surdi.
Rahmonning taʼkidlashicha, energetika xavfsizligi mintaqaning barqaror rivojlanishining asosiy shartlaridan biri boʻlib turibdi va bu yoʻnalishda qoʻshma yechimlarni talab qiladi.
«Mintaqada eng soʻnggi texnologiyalarni qoʻllagan holda yirik neftni qayta ishlovchi zavod qurish masalasini tegishli idoralarimizga chuqur oʻrganib chiqishni topshirishni taklif qilaman. Shu bilan birga, albatta, avvalo mintaqa mamlakatlarining muhim neft mahsulotlariga boʻlgan ichki ehtiyojlari eʼtiborga olinishi kerak», — dedi Tojikiston Prezidenti.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.