
Eron Tashqi ishlar vazirligi va Parlamenti mintaqalararo savdo hamkorligini yengillashtirish hamda iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish yo‘lida birgalikdagi ishlarni olib boradi.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arogchi parlamentning Iqtisodiyot bo‘yicha guruhi va Iqtisodiy diplomatiya qo‘mitasi a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘zining “Telegram” kanalida bergan bayonotida ma’lum qildi.
Arogchi uchrashuv davomida diplomatik korpusning iqtisodiyot sohasidagi chora-tadbirlari va dasturlarini tushuntirdi, shuningdek, vazirlik mamlakatning iqtisodiy dasturlarini amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun parlament bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyaning eng muhim masalalari, savdo hamkorligi va xorijiy investitsiyalarni rivojlantirish, neft bo‘lmagan eksportni kengaytirish yo‘llari, shuningdek, milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun mintaqalararo va iqtisodiy diplomatiya imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilingani qayd etilgan.
Keywords