
Fransiya parlamenti 15 yoshga to‘lmagan shaxslarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini yakuniy tarzda qabul qildi, deya xabar beradi BFMTV telekanali. Qonun loyihasini 279 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 81 nafari esa qarshi chiqdi.
Shu tariqa, Fransiya Yevropada 15 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlagan ilk davlatga aylandi.
Mamlakat hukumati taqiqni ikki bosqichda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 1-sentabrdan boshlab yangi ochiladigan akkauntlar yoshni tekshiruvdan o‘tkazishi shart bo‘ladi. Mavjud akkauntlar uchun esa yangi qoidalar 2027-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladi.
Keywords