Google kompaniyasi yo‘qolgan buyumlarni topish uchun mo‘ljallangan yangi Pixel Tag Bluetooth trekeri ustida ishlamoqda. Yangi mahsulot kompaniyaning aqlli qurilmalar ekotizimini kengaytirish va bozordagi mashhur Apple AirTag qurilmasiga raqobatchi bo‘lishni maqsad qilgan.
Yangi qurilma cho‘zinchoq, oval shaklda ishlab chiqilishi kutilmoqda. Uni turli buyumlarga mahkamlash uchun maxsus g‘iloflar yoki brelok ko‘rinishidagi aksessuarlardan foydalanish rejalashtirilgan.
Pixel Tag’ning asosiy imkoniyatlaridan biri uning Google Find Hub xizmati bilan integratsiyasi bo‘ladi. Ushbu funksiya foydalanuvchilarga smartfon orqali yo‘qolgan buyumlarning joylashuvini kuzatish imkonini beradi.
Shuningdek, qurilmada yaqin atrofdagi buyumlarni tez topish uchun kuchli ovoz chiqaruvchi tizim hamda ruxsatsiz kuzatuvlarning oldini olishga qaratilgan maxfiylik himoyasi vositalari bo‘ladi.
Google’ning yangi Pixel Tag qurilmasining rasmiy taqdimoti 2026-yil 12-avgustda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Tadbir davomida qurilmaning batareya turi hamda aniq joylashuvni aniqlash imkonini beruvchi UWB texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi yoki qo‘llab-quvvatlamasligi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinishi mumkin.
Yangi qurilma Google’ning aqlli uy va shaxsiy texnologiyalar sohasidagi mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilgan mahsulotlardan biri bo‘ladi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.