Shonli yilimizda viloyatimiz polizchilari matonatli mehnati bilan qovun va tarvuzning mo‘l hosilini yetishtirib, yuqori natijalarga erishishga muvaffaq bo‘ldilar. Shu kunlari ular quyosh nuridan to‘la bahramand bo‘lgan shirin ne’matlarni ommaviy ravishda yig‘ib, aholi dasturxoniga yetkazishda tahsinga loyiq ish olib bormoqdalar.
Poliz ekinlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan xo‘jaliklar qatorida Xo‘jamboz tumani hududida joylashgan, Turkmaniston Sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasining a’zosi bo‘lgan «Ülkämiziň tebigaty» dehqon xo‘jaligini ko‘rsatish mumkin. 2022-yilda asos solingan bu xo‘jalikda hurmatli Prezidentimizning Qaroriga muvofiq uzoq muddatli asosda ajratib berilgan yer maydonida qishloq xo‘jaligi ekinlarining turli turlari ekilib, mo‘l hosil yetishtirilmoqda. Muqaddas Mustaqilligimizning 35 yillik shonli to‘yi nishonlanadigan «Mustaqil, abadiy Betaraf Turkmaniston — tulpornamo orzular vatani» yili ham shunday ajoyib yillardan biriga aylanmoqda. Joriy yilda xo‘jalikka qarashli 461 gektar maydonning 350 gektarida bug‘doyning mo‘l hosili yetishtirilib, o‘rim-yig‘im mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bundan tashqari, 100 gektar maydonda g‘o‘za parvarishi ishlari agrotexnika qoidalariga muvofiq olib borilmoqda. Joriy qishloq xo‘jaligi yilida poliz ekinlarining ham barakali hosili yetishtirildi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.