Rambler.ru nashrining «The Economist»ga tayanib xabar berishicha, dunyodagi eng badavlat tadbirkor Ilon Mask oʻz kompaniyasining sunʼiy intellektni (SI) ishlab chiqish boʻyicha maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini Yer orbitasiga joylashtirish boʻyicha ulkan dastur tayyorlamoqda. Nashr tomonidan fikri oʻrganilgan mutaxassislar bu qadam sayyora uchun jiddiy halokatga olib kelishi mumkinligini taʼkidladilar. Mask oʻz navbatida kelgusida SI va robototexnika aqliy hamda jismoniy vazifalarning salmoqli qismini oʻz zimmasiga olishini aytmoqda. Uning SI kompaniyasining «SpaceX» bilan birlashuvi dasturlash kabi murakkab aqliy vazifalarni hal etishga qodir tizimlarni yaratishga imkon bersa, tadbirkorning «Tesla» kompaniyasi odamsimon robotlar ishlab chiqarishga eʼtibor qaratishi mumkin. Maskning taxminlariga koʻra, yana besh yildan soʻng SI tizimlari inson aqlidan oʻzib ketadi, oʻn yildan keyin esa ish oʻrinlarining robotlashtirilishi insoniyatni pul oʻz qadrini yoʻqotadigan ajoyib farovonlik davriga olib keladi.