iPhone 18 Pro narxi avvalgi avlodga nisbatan sezilarli darajada oʻsishi mumkin. Tahlilchi Jeff Pu narxning taxminan 250–300 dollarga oshishi mumkinligi haqidagi prognozni tasdiqladi.
9to5Mac ma'lumotlariga koʻra, yangi iPhone 18 Pro modelining boshlangʻich narxi 1349–1399 dollar atrofida, Pro Max versiyasi esa 1449–1499 dollar boʻlishi mumkin. Avvalroq The Wall Street Journal ham shunga oʻxshash prognozni e'lon qilib, narx oshishini operativ xotira, flesh-nakopitel va yangi kamera narxlari qimmatlashgani bilan izohlagan edi.
Qurilma narxiga yanada qimmatroq A20 Pro protsessori, LPDDR5X xotirasi va NAND flesh-nakopitellari ta'sir koʻrsatishi kutilmoqda. Ba'zi baholarga koʻra, Apple'ning soʻnggi ikki komponent uchun xarajatlari oʻtgan yilga nisbatan uch baravar koʻpayishi mumkin.
Kompaniya nazariy jihatdan foyda marjasini kamaytirish evaziga eski narxlarni saqlab qolishi mumkin edi, biroq Apple'ning boshqa mahsulotlari narxi oshgani bu ssenariyni kamroq ehtimolli qiladi. Agar prognozlar oʻzini oqlasa, iPhone 18 Pro brend tarixidagi eng qimmat smartfonlardan biriga aylanadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.