Janubi-Sharqiy Osiyoda o‘sadigan o‘ziga xos sitrus mevalaridan biri bo‘lgan kumkuat kichik hajmi bilan ajralib turadi. U kattaligi jihatidan jidaga (zaytunsimon) o‘xshaydi. Tashqi ko‘rinishi apelsinga o‘xshash kumkuat ko‘pincha tuxum shaklida, biroz cho‘ziq ko‘rinishda bo‘ladi.

«Oltin apelsin» degan ma'noni anglatuvchi kumkuatning ilk bor Xitoyda o‘stirib yetishtirilgani haqida ma'lumotlar bor. XIX asrning o‘rtalarida, taxminan 1850-yillarda bu meva Yevropa davlatlariga olib kelina boshlaydi. So‘ngra uning Shimoliy Amerikada ham o‘stirib yetishtirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Kumkuatning bir nechta turlari mavjud. Ularning orasida Nagami va Meiwa turlari keng tarqalgan.

Nagami kumkuati asosan AQShda o‘stirib yetishtiriladi. U uzunchoq shaklda bo‘lib, boshqa turlarga qaraganda biroz nordonroq tamga ega. Meiwa kumkuati esa asosan Xitoyda yetishtiriladi. Bu turning mevalari yumaloqroq bo‘lib, ta'mi Nagamiga qaraganda ancha shirinroqdir.

Kichik hajmiga qaramasdan, kumkuat o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi va sitruslarga xos ta'mi bilan ajralib turadigan mevalardan biridir.