Agar «Uzum olaylik» deb bozorga yoki doʻkonga kirsangiz, biri-biridan chiroyli, tovlanib turgan uzumlarning qaysi birini olishni bilmay, xiyla vaqt turib qolasiz. Bu mevaning kamida 3–4 xili istaganingizcha topilib turishi sizni juda quvontiradi. Albatta, buning uchun ishining ustasi boʻlgan ijarachilarimiz, maxsus uzumchilik xoʻjaliklarining tinimsiz gʻayrat qilayotganini aytish joiz. Ana shunday mehnatkash, oʻz ishiga berilgan dehqonlardan biri – Ahal viloyatining Oq bugʻdoy etrapidagi «Abadan» dehqon birlashmasining ijarachisi Nuryagʻdi Rejebovdir.

Nuryagʻdi Rejebovning hikoya qilishicha, uning bu shifobaxsh mevaning turli turlarini ekib, ulardan moʻl hosil olib kelayotganiga oʻn besh yildek boʻlibdi. U oʻzining 3 gektar yeriga uzumning «Bidane», «Gelinbarmak», «Qizil uzum», «Taypi» kabi navlarini ekadi. Har yilgi olayotgan hosilining miqdori haqida soraganimizda esa, u shunday dedi: «Hamma narsa nasibaga bogʻliq. Uni «falon» deb oldindan aniq belgilab boʻlmaydi, biroq zahmatni ayamasaingiz, har gektardan taxminan 20–25 tonna oraligʻida hosil olish mumkin. Uzum navlarining hammasi bir xil emas. Buni ham aytish kerak. Masalan, «Bidane» boshqa navlarga nisbatan koʻproq hosil beradi». Biz ham mehnatsevar ijarachiga gʻayratli ishida muvaffaqiyatlar, zafarlar yor boʻlishini tilaymiz.