2026-yil 28-oktabr kuni Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligida vazir o‘rinbosari Ahmet Gurbanov bilan Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Ozarbayjon va Turkmaniston bo‘yicha missiyasi rahbari Anna Bordon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Turkmanistonning ushbu xalqaro moliya instituti bilan hamkorligining bugungi holati va kelgusidagi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, muzokaralar davomida iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha professional muloqotni kengaytirish, xalqaro tajriba almashish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish va dolzarb iqtisodiy muammolarni hal etishda zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, iqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro tushunishni chuqurlashtirishda ekspertlar darajasidagi maslahatlashuvlar va hamkorlikning muhim o‘rni qayd etildi. Shu munosabat bilan tomonlar o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almashish va tajriba ulashishni davom ettirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Turkmaniston va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi muntazam muloqotni davom ettirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirilgani tasdiqlandi.