
OpenAI hisobotiga ko‘ra, 2025 yilda ChatGPT so‘rovlarining 60-70 foizi shaxsiy masalalarga tegishli bo‘lgan. Eng mashhur yo‘nalish — amaliy qo‘llanmalar bo‘lib, u jami so‘rovlarning 30,7 foizini tashkil etdi. Foydalanuvchilarning 9,5 foizi botdan shunchaki o‘z fikrlari va his-tuyg‘ulari bilan bo‘lishish uchun foydalanmoqda. Asosiy auditoriya 25-34 yoshdagi foydalanuvchilar bo‘lib (36,4%), 2026 yil apreliga kelib haftalik faol foydalanuvchilar soni 900 millionga yetdi. Bozor ulushi 60-65 foizga tushgan bo‘lsa-da, ChatGPT hamon eng mashhur neyrotarmoq bo‘lib qolmoqda.
Keywords