Turkmanistonning O'g'uzxon nomidagi muhandislik-texnologiya universiteti muhandislik, texnologiya, raqamli tizimlar va iqtisodiyot yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun 2026/2027-o'quv yiliga qabul jarayonini boshlanganini e'lon qiladi.

Ta'lim shartlari va yo'nalishlar O'qish ingliz va yapon tillarida, to'lov-kontrakt asosida olib boriladi. Umumiy o'qish muddati 5 yil: birinchi yil til tayyorgarligi, qolgan 4 yil esa bakalavr dasturi bo'yicha mutaxassislikka o'qitiladi. Asosiy yo'nalishlar:

  • Texnologiya va injiniring: Kimyo, biotexnologiya, materialshunoslik, nanotexnologiyalar, mashinasozlik (robototexnika va mexatronika), elektronika va tibbiy elektronika.
  • Raqamli tizimlar: Informatika, kiberxavfsizlik, sun'iy intellekt, mobil va tarmoq injiniringi, animatsiya va grafik dizayn.
  • Iqtisodiyot va boshqaruv: Innovatsion menejment, texnologik biznes va xalqaro biznes.
  • Tilshunoslik: Filologiya (texnik ingliz va yapon tillari), kompyuter lingvistikasi.

Hujjatlarni topshirish Hujjatlar 2026-yil 13-26-iyul kunlari viloyat markazlari va Ashxobod shahrida qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari tartibi (Ashxobodda o'tkaziladi):

  • Dashoguz viloyati: 29–31-iyul;
  • Mari viloyati: 30-iyul – 1-avgust;
  • Lebap viloyati: 31-iyul – 2-avgust;
  • Axal viloyati: 1–4-avgust;
  • Bolqon viloyati: 3–5-avgust;
  • Ashxobod va Arkadag shaharlari: 4–7-avgust.

Bog'lanish: Manzil: Ashxobod shahri, Keshi ko'chasi, 100-uy. Telefon: 39-16-67.