Fanlar kuni munosabati bilan Turkmaniston O‘g‘uzxon nomidagi muhandislik-texnologiyalar universitetida “O‘g‘uzxon universiteti: iste’dod, innovatsiya, rivojlanish” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 22 davlatidan 50 dan ortiq nufuzli oliy o‘quv yurtlari vakillari, olimlar hamda xalqaro kompaniyalar rahbarlari ishtirokida o‘tgan ushbu forumda fan-ta’lim va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikning muhim masalalari muhokama qilindi.
Anjuman doirasida universitetimiz xalqaro darajadagi aloqalarini mustahkamlash maqsadida bir qator muhim hujjatlarni imzoladi:
- Malayziyaning Tenaga milliy universiteti bilan talabalar almashinuvi va mobillik dasturi bo‘yicha kelishuv;
- Xitoyning Shanxay fan va texnologiya universiteti hamda Changan universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari;
- Qatar Davlatidagi Doha fan va texnologiya universiteti bilan akademik hamkorlik bo‘yicha memorandum;
- Turkiyaning “METABIO Biotechnology” kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi.
Ushbu hujjatlar fan, innovatsion texnologiyalar va mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarida tajriba almashish, shuningdek, birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni nazarda tutadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.