
Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilmoqda. Joriy oy boshida start olgan ushbu muhim mavsumda o‘quvchilar ta’lim muassasalarida o‘tgan yillar davomida olgan bilimlarini namoyish etmoqdalar.
Turkmanobod shahridagi 27-sonli o‘rta maktab direktori o‘rinbosari Umida Bakiyevaning ta’kidlashicha, barcha ta’lim muassasalarida imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. O‘quvchilar asosiy fanlar bo‘yicha bilimlarini tekshirib, maktabda olgan saboqlarini qanchalik o‘zlashtirganliklarini isbotlamoqdalar.
Imtihonlar uchun tayyorlangan savollar Turkmaniston Ta’lim vazirligi hamda Milliy ta’lim instituti tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, ular o‘quvchilar turli sinflarda o‘tgan o‘quv dasturlarini qamrab oladi. Bu esa bilim darajasining har tomonlama va to‘g‘ri tekshirilishiga shart-sharoit yaratadi.
Bitiruv imtihonlarida qo‘lga kiritilgan natijalar o‘quvchilarning bitiruv shahodatnomalariga yoziladi. Shu sababli bitiruvchilar ushbu yakuniy sinlovlarga juda mas’uliyat bilan yondashmoqdalar. Yaqinda yakunlanishi kutilayotgan imtihon mavsumi maktab yillarining natijalarini jamlab, bitiruvchilarning kelgusi kasb tanlash yo‘llariga yangi bir qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Keywords