
Kerki tumanidagi «Ozodlik» dehqon birlashmasining fidoyi paxtakorlari har yili gʻoʻzaning yuqori hosilini yetishtirib kelmoqdalar. Ular joriy «Mahtumquli Firogʻiy — aql-zakovat xazinasi» yilida ham 9400 gektar maydonga gʻoʻza ekib, undan 20500 tonna «oq oltin» olishni maqsad qilganlar.
Ayni kunlarda dalalarda mehnat qizgʻin. Gʻoʻzalar qator oralab ishlash, oziqlantirish va sugʻorish ishlari uygʻunlikda olib borilmoqda.
Bu ishda dehqon birlashmasi va tuman «Obahizmat» korxonasi mexanizatorlari yaqindan yordam bermoqdalar. Xoʻjalikda 11 ta texnika uzluksiz ishlamoqda. Toyli Jorayev, Shamyrat Haytmurodov, Bayram Hezzekov va Haytmurod Ahmedovlar yuqori sifatli agrotexnik ishlarini oʻtkazib, hamkasblariga ibrat koʻrsatishmoqda.
Yaqinda biz Atamurod Ataniyozov boshchiligidagi 5-ijorchilar guruhi ish jarayoni bilan qiziqdik. Usta ijoatchi Jemila Setdarovaning 5 gektarlik maydonidagi gʻoʻzalar sogʻlom. U har yili rejadagi 30 sentner oʻrniga 39 sentnerdan hosil olib kelmoqda. Bu yil esa uning maqsadi har gektardan 45 sentner hosil olishdir. Unga turmush oʻrtogʻi Rahmanberdi Setdarov yaqindan yordam bermoqda.
Qoʻshni maydonda Jumasoltan Deryayeva ham 4 gektar yerda mehnat qilmoqda. U ham ilgʻor ijoatchilardan biri boʻlib, qoʻshnisi Jemila bilan musobaqalashib ishlamoqda. Gʻuruh boshligʻi Atamurod Ataniyozovning aytishicha, joriy yilda 86 gektar maydonga gʻoʻza ekilgan. Qulay ob-havo tufayli yaxshi unib chiqish kuzatildi. Natijada, rejadagi 250 tonna oʻrniga 270 tonna hosil yigʻish koʻzda tutilgan.
Keywords