
O‘zbekiston Respublikasi «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti vakillari Turkmanistondagi kasbiy amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladilar.
Ushbu tadbir O‘zbekistonning «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti hamda S.A. Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jalik universiteti o‘rtasidagi ikki tomonlama Hamkorlik shartnomasi doirasida, joriy yilning 16-may — 1-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etildi.
Kasbiy amaliyot dasturida o‘zbek agrar oliy ta’lim muassasasining 19 nafar talabasi va 2 nafar o‘qituvchisi ishtirok etdi. Xorijiy mehmonlar Turkmaniston qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlariga tegishli bir qancha yirik korxonalarda bo‘ldilar. Xususan, ular Oq bug‘doy tumanidagi «Gidropark» suv nasos stansiyasi hamda «Obahyzmat» ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislar va talabalar S.A. Niyozov nomidagi TQXU professor-o‘qituvchilari tarkibi tomonidan tashkil etilgan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.
Tashrif dasturiga madaniy tadbirlar ham kiritildi. Qardosh O‘zbekiston vakillari Turkmaniston Fanlar akademiyasining Xalqaro ilmiy-texnologiyalar parkiga, Davlat markaziy botanika bog‘iga, shuningdek, poytaxtimizdagi «Toshkent» istirohat bog‘iga sayohat qildilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi ilmiy va ta’limiy tajriba almashish uchun yaratilgan yuksak sharoitlar hamda ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun turkmanistonlik hamkasblariga chin qalbden minnatdorlik bildirdi.
Ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ilmiy-gumanitar hamkorlik doirasida, yaqin vaqt ichida S.A. Niyozov nomidagi TQXU o‘qituvchi va talabalarining amaliyot o‘tash uchun O‘zbekiston Respublikasiga javob tashrifi rejalashtirilmoqda.
Keywords