
Misr poytaxti Qohirada Afrika qit’asida ilk bor haydovchisiz monorels (bir relsli temir yo‘l) tizimi ishga tushirildi. Ushbu loyiha o‘zining hajmi va texnologik imkoniyatlari bilan dunyoda yangi rekord o‘rnatishga tayyorlanmoqda.
Hozirgi vaqtda loyihaning birinchi bosqichi bo‘lgan «Sharqiy Nil» tarmog‘i Nasr shahridagi Xalqaro stadion bilan mamlakatning yangi poytaxti o‘rtasida 56,5 kilometrlik masofada harakatlanmoqda. Buning ortidan, «G‘arbiy Nil» tarmog‘ining ham qurilishi yakunlangach, ushbu tizim Qohira va Giza shaharlari o‘rtasida uzluksiz qatnovni ta’minlaydi.
Qurilish to‘liq yakunlangach, monorels tizimining umumiy uzunligi 100 kilometrdan oshadi. Bu ko‘rsatkich hozirgi vaqtda rekordchi hisoblangan Xitoyning Chunsin shahridagi 98,5 kilometrlik monorels yo‘lidan ham o‘tib, dunyodagi eng uzun monorels tizimi bo‘ladi.
Zamonaviy transport tizimi bilan bog‘liq asosiy ma’lumotlar:
Ushbu loyiha Qohira shahrining jamoat transporti tizimini mukammallashtirishda va yo‘lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratishda katta qadam hisoblanadi.
Keywords