Iroq va Turkiya Iroq neftini Turkiyaning Jeyhon portiga yetkazib berish boʻyicha bir yil muddatga moʻljallangan yangi bitimni imzoladi. Bu haqda Iroq Neft vazirligi maʼlum qildi.

Bitimga muvofiq, Iroq Iroq–Turkiya neft quvuri orqali kuniga kamida 750 ming barrel neft eksport qiladi. Iroq neft vaziri Basim Muhammad Xudayr ushbu quvur mintaqaviy va xalqaro energetika xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Iroq Bosh vaziri Ali az-Zaidiy tomonlar neft, elektroenergetika, suv xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishlardagi hamkorlikni qamrab oluvchi keng qamrovli doiraviy kelishuvni amalga oshirishni davom ettirishlarini bildirdi. Turkiyaning Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar esa mazkur quvur Iroq neftining jahon bozorlariga ishonchli yetkazib berilishini taʼminlashini hamda Jeyhon portining yirik logistika markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashini qayd etdi.

Daromadlarining qariyb 90 foizini xom neft eksportidan oladigan Iroq mintaqadagi keskin vaziyat fonida eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish va dengiz yoʻllariga qaramlikni kamaytirishga intilmoqda. Ushbu bir yillik bitim tomonlar oʻrtasida suv resurslari va boshqa muhim masalala