2026-yil avgust oyining oxiriga kelib, Quyosh yuzasida hosil bo‘layotgan dog‘lar soni 2024-yilning shu davriga nisbatan uch baravarga kamaydi. Bu holat so‘nggi ikki yil davomida Quyosh faolligining pasayib borayotganini ko‘rsatadi.
«Lenta.news» Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, 2024-yil avgust oyida Quyoshda 216 ta dog‘ qayd etilgan bo‘lsa, 2026-yil avgust oyining oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 76 tagacha kamaygan.
Astronomlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Quyosh yuzasidagi dog‘larning eng ko‘p soni o‘tgan asrning o‘rtalarida qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich esa XIX asrning birinchi yarmida kuzatilgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida Yerda kuchli magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kuchli Quyosh chaqnashlari kutilmayapti.
Bundan ikki kun avval esa Yerda kuzgi mavsumning dastlabki magnit bo‘ronlari boshlanganligi haqida xabar berilgandi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.