Business Insider nashrining xabar berishicha, OpenAI kompaniyasi bosh direktori Sem Altman "Relentless" podkastidagi suhbatida sun’iy intellekt poygasida insoniyat "texnologik singulyarlik" nuqtasiga yetganini e’lon qildi. Kompaniya rahbari ilgari faqat nazariy va ilmiy muhokamalarda tilga olingan bu bosqich bugun amaliy haqiqatga aylanganini ta’kidladi.
Texnologik singulyarlik — texnologik taraqqiyot shiddat bilan jadallashib, insoniyat sivilizatsiyasida tub va ortga qaytmas o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan gipotetik nuqtani anglatadi. Ushbu voqelikni butun dunyoni hayratda qoldiruvchi hamda mislsiz imkoniyatlar ochuvchi yangi davr deb atagan Altman, sun’iy intellekt kelajakda jamiyat va iqtisodiyotning barcha jabhalarini tubdan o‘zgartirishini qayd etdi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.