Turkiyalik tajribali murabbiy Sergen Yalçin mamlakat futbol bo‘yicha milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilish borasida kelishuvga erishganini ma’lum qildi. U bu haqda «Kafa Sports» YouTube kanalidagi chiqishida aytib o‘tdi.
Yalçinning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda bu masala bo‘yicha muzokaralar yanada faollashgan. U milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lish o‘zi uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi.
Murabbiy yangi lavozimi haqida shunday dedi: «Yulduz va yarim oy tasvirlangan bayrog‘imiz hamma narsadan ustundir. Bu qaror barchamiz va mamlakatimiz uchun xayrli bo‘lsin».
Sergen Yalçinning ta’kidlashicha, to‘rt yillik shartnoma Yevropa chempionati va Jahon chempionatida ishtirok etish maqsadlarini hisobga olgan holda rejalashtirilmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.