Xitoyning Shenchjen Sun’iy intellekt va ijtimoiy robototexnika instituti hamda AQShning Stivens texnologiya instituti olimlari suvda qutqaruv ishlarini olib borishga mo‘ljallangan o‘rgimchak-robotni yaratdilar. Ushbu qurilma suv yuzasida vaznini teng taqsimlab harakatlanuvchi ovchi-o‘rgimchaklarning biologik xususiyatlaridan ilhomlanib loyihalashtirilgan.

To‘rt oyoqli robot maxsus algoritmlar yordamida boshqarilib, suv ustida harakat barqarorligini ta’minlaydi. Turli suv havzalarida o‘tkazilgan sinovlar robotning bino ichida ham, ochiq hududlarda ham yuqori aniqlik bilan qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini bajarishga qodirligini ko‘rsatdi. Ushbu ishlanma favqulodda vaziyatlar xizmati uchun yangi texnologik imkoniyatlarni ochib beradi.