Qudratli davlatimizning barcha sohalari boʻyicha koʻzda tutilgan oʻzgarishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida yoshlarga alohida oʻrin tegishli. Yoʻl-transport tarmogʻi ishini takomillashtirishda ham zamonaviy texnikalardan mukammal xabardor, qobiliyatli va zukko yoshlarga tayaniladi. Bu yoʻnalishda Turkmanobod shahridagi Turkmaniston Avtomobil transporti vazirligining Avtomobil maktablari birlashmasining viloyat filialida ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu yerda haydovchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari nazariy, nazorat-amaliy mashgʻulotlarni oʻtish, transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish boʻyicha oʻzlashtiriladi. Texnik jihatdan takomillashtirilgan ushbu muassasada yoʻl-transport tarmogʻi ishiga joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalarning taʼsiri yaqqol seziladi. Boshqaruv markazi dispetcheri Selimjan Tohtashovning soʻzlariga koʻra, buning uchun filial zamonaviy jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan. Maxsus monitorlarning ikkitasi orqali avtomobil mashgʻulotlar maydonchasidagi transport vositalarining boshqarilishiga toʻliq nazorat oʻrnatiladi. Tinglovchilar avtomobillarni boshqarishni, ularning qismlarini qismlarga ajratish va yigʻishni, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatishni amaliyot asosida oʻrganadilar. Ishining ustalari boʻlgan oʻqituvchilar transport vositasini boshqarish qobiliyatini takom







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.