
AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Amerika Qoʻshma Shtatlariga amalga oshiradigan rasmiy tashrifining sanasini eʼlon qildi. Uning maʼlumotiga koʻra, xitoylik liderning AQShga tashrifi joriy yilning 24-sentabrida boshlanadi.
Vashingtonda oʻtkazilgan tadbir davomida soʻzga chiqqan AQSh Prezidenti: «Prezident Si 24-sentabrda kelmoqda» deb taʼkidladi.
Ushbu tashrif ikki mamlakat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar doirasida muhim qadam hisoblanadi. Vashington Xitoy rahbarining 2026-yil kuzida javob tashrifini amalga oshirishiga umid bogʻlamoqda. Tramp 14–15-may oraligʻida Pekinga tashrif buyurgan edi.
Keywords