Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi 2026-yil 26-oktabrdan boshlab Ashxobod — Istanbul (IST) — Ashxobod yo‘nalishida haftasiga 18 ta reysni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy ma’lumotlarida xabar berilgan.

2026-yil 25-oktabrdan 2027-yil 27-martgacha amal qiladigan parvozlar jadvaliga ko‘ra, har kuni har ikki yo‘nalishda ikkitadan reys bajariladi.

Istanbuldan Ashxobodga parvozlar jadvali:

  • TK322: Istanbuldan soat 21:15 da uchadi, Ashxobodga soat 02:55 da yetib keladi.

  • TK324: Istanbuldan soat 01:55 da uchadi, Ashxobodga soat 07:40 da yetib keladi.

Ashxoboddan Istanbulga parvozlar jadvali:

  • TK323: Ashxoboddan soat 04:15 da uchadi, Istanbulga soat 06:30 da yetib keladi.

  • TK325: Ashxoboddan soat 09:00 da uchadi, Istanbulga soat 11:10 da yetib keladi.

Bundan tashqari, dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi:

  • TK320: Istanbuldan soat 14:25 da uchadi, Ashxobodga soat 20:10 da yetib keladi.

  • TK321: Ashxoboddan soat 21:30 da uchadi, Istanbulga soat 23:45 da yetib keladi.

Qo‘shimcha reyslar 2027-yil 26-martgacha amalga oshiriladi. Uchish va qo‘nish vaqtlari mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan.