
Turkiya hukumati ko‘chmas mulk bozorida xavfsizlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tub islohotni amalga oshirmoqda. 2026-yil 1-iyuldan boshlab mamlakatda mulk oldi-sotdisida naqd pul orqali hisob-kitob qilish butunlay taqiqlanadi va barcha bitimlar majburiy tartibda «eskrou» (maxsus himoyalangan bank hisobraqamlari) tizimiga o‘tkaziladi.
Yangi qoidaga ko‘ra, shartnoma tuzilayotganda xaridor mablag‘ini vakolatli bankdagi maxsus bloklangan hisobraqamga o‘tkazadi. Ushbu mablag‘lar mulkka egalik huquqi to‘liq rasmiylashtirilgunga qadar muzlatib qo‘yiladi va faqatgina bitim muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng sotuvchiga o‘tkazib beriladi. Agar kelishuv amalga oshmay qolsa, pul to‘liq miqdorda xaridorga qaytariladi.
Ekspertlarning fikricha, ushbu islohotdan bir nechta asosiy maqsadlar ko‘zlangan:
Hozirgi vaqtda, ya’ni 2026-yil 1-iyulga qadar, ushbu tizim sinov tariqasida va ixtiyoriy asosda ishlamoqda. Shundan so‘ng esa mazkur qoida lavozimi va fuqaroligidan qat’i nazar, barcha shaxslar uchun majburiy bo‘ladi.
Keywords