Turkmaniston Davlat energetika instituti energetika, mashinasozlik, elektronika va axborot texnologiyalari sohalari uchun mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2026/2027-o'quv yiliga qabul jarayoni boshlanganini e'lon qiladi.
Ta'lim yo'nalishlari (to'lov-kontrakt asosida):
- Energetika: Elektroenergetika tizimlari, issiqlik elektr stansiyalari, gaz turbinali qurilmalar, muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari, energiya tejovchi texnologiyalar.
- Texnika va IT tizimlari: Avtomatika, axborot xavfsizligi, infokommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy injiniring, axborot-o'lchash texnikasi.
- Mashinasozlik va iqtisodiyot: Metallga ishlov berish, energetika tarmog'i iqtisodiyoti va boshqaruvi, buxgalteriya hisobi va audit.
- Ingliz tilidagi yo'nalish: Axborot xavfsizligi menejmenti (1 yil til tayyorgarligi + 4 yil mutaxassislik).
Hujjatlarni topshirish Hujjatlar 2026-yil 13-26-iyul kunlari viloyat markazlari va Ashxobod shahrida (Turkmaniston Davlat arxitektura-qurilish institutida) qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari tartibi (Marida o'tkaziladi):
- Mari viloyati: 29-iyul — 1-avgust;
- Axal viloyati: 31-iyul — 2-avgust;
- Ashxobod va Arkadag shaharlari: 1-3-avgust;
- Dashoguz viloyati: 2-4-avgust;
- Bolqon viloyati: 3-5-avgust;
- Lebap viloyati: 4-6-avgust. Imtihonlar fizika, matematika va Turkmaniston tarixi fanlaridan davlat tilida og'zaki o'tkaziladi (ingliz tilidagi yo'nalish uchun matematika, ingliz tili va tarix).
Bog'lanish: Manzil: Mari shahri, Bayramxon ko'chasi, 62-uy. Telefonlar: (800522) 5-75-17, 5-75-02.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.