Turkmaniston delegatsiyasi 7–9-sentabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan AIM Congress 2026 xalqaro kongressida ishtirok etdi. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Kongressda Turkmaniston delegatsiyasiga Turkmanistonning BAAdagi Favqulodda va Muxtor elchisi rahbarlik qildi. Delegatsiya tarkibiga Turkmaniston Moliya va iqtisodiyot vazirligi, Sanoat va qurilish vazirligi hamda Davlat tashqi iqtisodiy faoliyat banki vakillari kirdi.
«Global farovonlikni qayta ko‘rib chiqish: barqaror va inklyuziv kelajak uchun yangi investitsiya yo‘nalishlarini ochish» shiori ostida o‘tkazilgan 15-AIM Congress 2026 tadbirida 191 davlat va xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi. Kongressda davlat idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va yirik biznes guruhlari rahbarlari bir joyga jamlandi.
Tadbir davomida Turkmaniston delegatsiyasi ochilish marosimi va investitsiyaviy hamkorlik, iqtisodiy rivojlanish hamda sanoat siyosatiga bag‘ishlangan tematik sessiyalarda ishtirok etdi. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Markaziy Osiyo bo‘yicha panel muhokamasida, investitsiya masalalariga bag‘ishlangan vazirlar darajasidagi davra suhbatida, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar va sanoat siyosati bo‘yicha sessiyalarda qatnashdi.
Kongress doirasida Turkmaniston delegatsiyasi moliya muassasalari, kompaniyalar va investitsiyalarni jalb etishga ixtisoslashgan tashkilotlar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda Turkmaniston va hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Turkmaniston delegatsiyasi kongress doirasida tashk







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.