Qozog‘iston vitse-prezidenti Erlan Karin turkman madaniyati va san’ati vakillari Batir Chariyev hamda Parahat Amandurdiyevni «Do‘stlik» ordenining II darajasi bilan taqdirladi. Bu haqda Qozog‘istonning Turkmanistondagi elchixonasi xabar berdi.

Taqdirlash marosimi 2026-yil 29-oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi. Ordenlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini, o‘zaro anglashuvni hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.

Batir Chariyev Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi madaniy muloqotni rivojlantirish hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi faoliyati uchun mukofotga loyiq deb topildi. Parahat Amandurdiyev esa umumiy madaniy-gumanitar merosni keng targ‘ib qilish va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Marosim davomida Turkmaniston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. Shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ekani, qo‘shma ijodiy loyihalar va muntazam madaniy almashinuvlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.