
Turkmaniston va AQSh Amerika ishbilarmonlar delegatsiyasining Ashgabatga gashkil etiladigan tashrifiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Ushbu masala Turkmanistonning Vashingtondagi elchisi Esen Aydogdiyevning «AQSh – Turkmaniston» Ishbilarmonlar kengashi ijrochi direktori Erik Styuart va Kengashga aʼzo kompaniyalar vakillari bilan oʻtkazgan uchrashuvida muhokama qilindi. Bu haqda Turkmanistonning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi elchixonasi xabar berdi.
Muzokaralar davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport, qishloq xoʻjaligi, energetika va sanoat sohalarida, shuningdek, xususiy sektorda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqdilar.
Elchi Turkmaniston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatning iqtisodiy ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot berdi.
Uchrashuv ishtirokchilari ikki mamlakat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashda «AQSh – Turkmaniston» Ishbilarmonlar kengashining muhim oʻrnini alohida taʼkidladilar.
Keywords