Turkmaniston gaz quvurlari tizimlarini qurish va texnik himoya qilishda yangi texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Quvurlarni korroziyadan himoya qilish uchun foydalaniladigan materiallarning yangi turkumi Xitoyning ixtisoslashgan Langfang Zhongyou Jiayu Anti-Corrosion Technology Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan Turkmanistonga yuborildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yetkazib berish Xitoyning Sichuan Petroleum & Natural Gas Construction Engineering muhandislik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan yirik quvur loyihasi doirasida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Turkmanistonga jami 2000 ta polietilen termokisiladigan qoplama (mufta) va 3000 metr ixtisoslasashgan antikorrozion lenta yuborildi.
Ushbu vositalar quvurlarning tutashgan joylarini izolyatsiya qilish hamda tashqi ta'sirlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Ulardan foydalanish gaz quvurlarining ishonchliligi va uzoq muddatli xizmat qilishini ta'minlashga yordam beradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Turkmanistonning iqlim sharoitlari, harorat o‘zgarishlari va tuproq xususiyatlari quvurlarni himoya qilish uchun yuqori sifatli izolyatsiya texnologiyalarini talab qiladi. Bunday yechimlarning qo‘llanilishi mamlakat gaz quvurlari infratuzilmasining turg‘unligini oshirishga qaratilgandir.
Ushbu hamkorlik Turkmaniston va Xitoyning energetika infratuzilmasini rivojlantirish hamda tegishli texnik xizmatlarni takomillashtirish borasidagi munosabatlari davom etayotganidan dalolat beradi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.