Turkmaniston hududida joriy hafta davomida havo harorati yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi viloyatlarda havo harorati +39°C gacha isiishi, ayrim joylarda esa qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi va shamol kuchayishi kutilmoqda.

Ashxobodda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +31...+33°C dan +37...+39°C gacha, kechasi esa +19...+21°C dan +24...+26°C gacha bo‘ladi.

Ahal viloyatida bulutli va ochiq ob-havo almashib turishi kutilmoqda. Kunduzi +28...+33°C dan +35...+40°C gacha, kechasi +16...+21°C dan +22...+27°C gacha bo‘ladi.

Balkan viloyatida shamolli ob-havo davom etadi. Kunduzi havo harorati +34...+39°C oralig‘ida, kechasi +17...+22°C dan +23...+28°C gacha bo‘ladi. Qirg‘oqbo‘yi hududlarda kunduzi +29...+34°C atrofida saqlanib turadi.

Mari viloyatida ob-havo asosan ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +29...+34°C dan +35...+40°C gacha, kechasi esa +14...+19°C dan +20...+25°C gacha bo‘ladi.

Lebap viloyatida kam bulutli ob-havo davom etadi. Kunduzi +28...+33°C dan +34...+39°C gacha, kechasi +14...+19°C dan +20...+25°C gacha bo‘ladi.

Toshhovuz viloyatida o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +26...+31°C dan +32...+37°C gacha, kechasi esa +13...+18°C dan +19...+24°C gacha bo‘ladi.

Hafta davomida issiq ob-havo bilan bir qatorda, ayrim hududlarda shamol kuchayishi va qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.